Вазирлик фаолияти бЎйича телефон рақами (+99871)2394077

Prezident sovg‘alari hududlarga jo`natildi

2014.12.27 | Янгиликлар

Prezident sovg‘alari hududlarga jo`natildi

Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan, shuningdek, ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar jamiyat va davlatning doimiy g’amxo‘rligi va e’tiboridadir.

Darhaqiqat, bunday ezgu ishlarning bir namunasi sifatida har yili an`anaviy ravishda Prezident archasi bayram tadbirlarida bolajonlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan Prezident sovg‘asi tantanali ravishda topshiriladi.      





 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan joriy yilda 11 ming dona Prezident sovg‘alari tayyorlanib, mazkur sog‘alar Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari tarbiyalanuvchilari, “SOS” – bolalar mahallasi, Go‘daklar uyi, oilaviy bolalar uyi, Muruvvat uylari bolalariga, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan huquq-tartibot organlari xodimlarining farzandlariga beriladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sovg‘alar 12 nomdagi o‘quv qurollari va 14 xil shirinliklardan iborat bo‘lib, bolajonlarga haqiqiy bayram quvonchini ulashadi.Prezident sovg‘alari shu yilning 24-25-dekabr kunlari respublikaning 9 ta viloyatiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi orqali jo`natildi. Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlariga 26-dekabr kuni avtotransportda yuborildi.Sovg`alar shu yilning 29-dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarida o`tkaziladigan “Prezident archasi” bayram tadbirlarida tantanali ravishda topshiriladi.

 Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati

Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги

Cайтнинг очиқлик сиёсати

Материалдан тўлиқ ёки қисман фойдаланилганда, uzedu.uz манбаси кўрсатилиши шарт.

Вазирлик сайтининг олдинги варианти.

Ҳозир сайтда: 30

Хато кўрсангиз белгиланг ва Ctrl+Enter ни босинг.